Abstract
Ushbu ilmiy ishda tut ipak qurtlarida pilla hosil bo‘lish jarayonining buzilishi, xususan, so‘nggi yillarda keng tarqalgan pilla o‘ramaslik holatlarining sabablari, oqibatlari hamda ularning oldini olish yo‘llari yoritilgan. Respublikamizning bir qator hududlarida kuzatilayotgan kimyoviy zaharlanishlar, ekologik omillar va agrotexnik qoidalarning buzilishi natijasida ipak qurtlarining 4–5% gacha nobud bo‘layotgani, hosildorlikning sezilarli darajada kamayishi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda pilla o‘ramaslikka sabab bo‘ladigan asosiy omil sifatida qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llaniladigan pestitsidlarning tut barglarini zaharlashi natijasida qurtlarda paralich, o‘sishning sustlashuvi, pilla o‘ray olmaslik, brak pillalar ko‘payishi kabi patologik holatlar yuzaga kelishi ilmiy-tajriba asosida tahlil qilingan. Zaharlanish darajasiga qarab ipak bezining anatomik o‘zgarishlari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, tadqiqotda pilla o‘rash davridagi kasalliklarni oldini olish maqsadida kumush nitrat, kaliy yodid, askorbin kislotasi va selen asosidagi kompleks preparat taklif etilgan. Preparatning antiseptik, immunitetni mustahkamlovchi va zaharlanishga qarshi himoya qiluvchi xususiyatlari bayon qilingan hamda ipak qurti parvarishida qo‘llash mexanizmi yoritib berilgan.
Tadqiqot natijalari ipak qurti kasalliklarini kamaytirish, pilla hosildorligini barqarorlashtirish va pillachilik sohasida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
References
1. Khutsishvili M. Effect of biostimulator asma-1 on economic indices of mulberry silkworm // 5 th BACSA International conference “Sericulture for multi products – new prospects for development” Seriprodev. – Romania, 2011. Рp - 79.
2. Kuribayashi Sh. Damage of Silkworms Caused by Pesticides and Preventive Measures // Department of Sericulture, Sericultural Experiment Station. – Japan, 1988. - № 4. Рp - 274-283.
3. Kuribayashi Sh. Studies on the effect of pesticides on the reproduction of the silkworm, Bombyx mori L. I. Effects of chemicals administered during the larval stage on egg-laying and hatching. // Sciencesrnal of Toxicological Sciences. – 1981. - № 6(3). Pp - 169-176. doi: 10.2131/jts.6.169.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.