Abstract
Ushbu ishda termodiffuziya usuli bilan mis kiritilgan yakka kristall n–Si namunalarining strukturaviy holati rentgen-difraksion usul yordamida (111) va (333) refleksiyalar profillari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari legirlangan namunalarda difraksion maksimumlar shakli, intensivligi va ajralish xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelishini ko‘rsatdi. (111) refleksiyaning profilida kengayish, assimetriya va qisman ajralish belgilari kuzatildi, bu esa kristall panjarada lokal elastik kuchlanishlar hamda mikrodeformatsiyalar mavjudligini ko‘rsatadi. (333) refleksiya sohasida esa pikning yanada aniq ajralishi va qo‘shimcha komponentning namoyon bo‘lishi yuqori tartibli refleksiyalarning strukturaviy buzilishlarga sezgirligini tasdiqlaydi. Olingan natijalar mis diffuziyasi natijasida kristall panjarada bir jinsli bo‘lmagan deformatsion holat shakllanishi mumkinligini va bunday o‘zgarishlar, ayniqsa, sirtga yaqin qatlamlarda kuchliroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Mazkur tahlil mis bilan legirlangan kremniyda diffuziya bilan bog‘liq strukturaviy o‘zgarishlarni baholashda (111) va (333) refleksiyalarning muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
References
1. Das, G. (1973). Precipitation of copper in silicon. Journal of Applied Physics, 44(10), 4459–4467.
2. Sinno, T., Dornberger, E., von Ammon, W., Brown, R. A., & Dupret, F. (2000). Defect engineering of Czochralski single-crystal silicon. Materials Science and Engineering: R: Reports, 28(5–6), 149–198.
3. Heiser, T., Istratov, A. A., Flink, C., & Weber, E. R. (1999). Electrical characterization of copper related defect reactions in silicon. Materials Science and Engineering: B, 58(1–2), 149–154.
4. Estreicher, S. K. (2004). First-principles theory of copper in silicon. Materials Science in Semiconductor Processing, 7(3), 101–111.
5. Bracht, H. (2004). Copper related diffusion phenomena in germanium and silicon. Materials Science in Semiconductor Processing, 7(3), 113–124.
6. Xi, Z., Chen, J., Yang, D., Lawerenz, A., & Moeller, H. J. (2005). Copper precipitation in large-diameter Czochralski silicon. Journal of Applied Physics, 97(9), 094909.
7. Wang, W., Yang, D., Ma, X., & Que, D. (2008). Effect of silicon interstitials on Cu precipitation in n-type Czochralski silicon. Journal of Applied Physics, 103(9), 093534.
8. Wang, W., Yang, D., Ma, X., & Que, D. (2008). Copper precipitation in nitrogen-doped Czochralski silicon. Journal of Applied Physics, 104(1), 013508.
9. Xu, J., Wang, N., & Yang, D. (2012). Influence of oxygen precipitation on copper precipitation in Czochralski silicon. Journal of Applied Physics, 111(9), 094907.
10. Gaspar, G., Modanese, C., Bernardis, S., Enjalbert, N., Arnberg, L., Dubois, S., & Di Sabatino, M. (2022). Copper in compensated p- and n-type Czochralski silicon: Diffusivity, influence on the majority charge carrier density and mobility. Solar Energy Materials and Solar Cells, 248, 112024.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.